PSJ Ferran Torres transferi bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi
Tomas Andreu xabariga ko'ra, PSJ Ferran Torres transferi bo'yicha muzokaralarni faollashtirmoqchi. «Barselona» futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
Tomas Andreu xabariga ko'ra, yaqin vaqt ichida Deku va Luish Kampos Ferran Torres transferi bo'yicha aloqalarni faollashtirishadi.
Ham «Barselona», ham PSJda klub Ferran uchun kamida 50 million yevro olishni istayotgani tabiiy hol deb qaralmoqda. Biroq, PSJ muzokaralar boshida bu summaga yetib borishi qiyin bo'lishi kutilmoqda, agar ular bonuslar formulasidan foydalanmasalar.
Narx borasidagi dastlabki kelishmovchiliklarga qaramay, bitim xavf ostida qolmasligi kerak. Ferran Parijga ko'chib o'tishni istaydi, Luis Enrike uni kutmoqda, «Barsa» esa transfer oynasi vazifalarini ishonch bilan hal qilish uchun yetarli mablag' yig'ishga intilmoqda. Laporta va Al-Xelayfi o'rtasidagi yaxshi munosabatlar har ikki tomon kelishuvga erishish yo'lini topishiga yetarli kafolat bo'ladi.