Xavyer Agirre «Valensiya» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Xavyer Agirre «Valensiya» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan 2027-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Rasman: Xavyer Agirre «Valensiya»ning yangi bosh murabbiyi.
Shartnoma 2027-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Agar u jamoani La Liga orqali Yevropa ligasiga olib chiqsa, bitim yana bir mavsumga uzaytiriladi.
U bilan birga murabbiylar shtabiga bosh murabbiy yordamchisi Toni Amor va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy murabbiy Pol Lorente qo'shiladi.
Yangi murabbiyning taqdimoti kelasi dushanba kuni «Mestalya» stadionida bo'lib o'tadi.