Fulxem Shey Charlzni o'z safiga qo'shib oldi
Fulxem klubi direktori Toni Xan Shey Charlzning transferi haqida fikr bildirdi.
Toni Xan (Fulxem futbol operatsiyalari direktori):
Shey Charlzni Fulxemda ko'rib turganimdan xursandman! Shey — istiqbolli yosh o'yinchi. U ham ichki musobaqalarda, ham xalqaro maydonda muhim tajriba to'pladi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh sardorga aylandi.
Bu Shey uchun Fulxemga qo'shilish va Alvaro qo'l ostida rivojlanishda davom etish uchun ajoyib imkoniyat. Oldinga, Fulxem!