Atletico Madrid yozgi transferlar uchun hujumchi qidirmoqda
Atletico Madrid yozgi transfer oynasi uchun yangi hujumchi qidirmoqda. Klub Trezoldi va Espozito kabi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
MD xabariga ko'ra, «Atletico Madrid» nafaqat qishki, balki yozgi transfer oynasi ustida ham ishlamoqda.
Klubda Aleksandr Syorlot bilan yakunda nima bo'lishidan qat'i nazar, jamoaga kerak bo'lgan hujumchi ("9") profili aniq belgilab olingan.
Ularga ko'p gol uradigan, muhim o'yinchi bo'lish bilan birga, kelajagi porloq hujumchi kerak.
Trezoldi va Espozito klub ro'yxatida bor, ammo ular yagona variantlar emas. Nomzodlar ro'yxati ancha keng.