#Viktor Vanyama — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Viktor Vanyama: "Tottenxem"dagi davrim va faoliyatimni yakunlash haqida"

Viktor Vanyama: "Tottenxem"dagi davrim va faoliyatimni yakunlash haqida"

Viktor Vanyama «Tottenxem»dagi o'yinlari, «Uayt Xart Leyn»dagi xayrlashuv goli va faoliyatini yakunlash qaroriga kelishi haqida gapirib berdi.

Viktor Vanyama o'zining «Tottenxem»dagi vaqti haqida:

U yerda ajoyib jamoamiz bor edi va biz o'yindan o'yinga kuchayib borardik. Har dam olish kunlari biz cho'qqida qola olishimizni isbotlash uchun maydonga tushardik. Shunday bo'lishi kerak — har hafta kurashish. Bu yerda o'ynaganingizda, sizga bo'lgan munosabat, muxlislarning reaksiyasi — bu shunchaki aqlbovar qilmas narsa. Boshqa hech qayerda bunday bo'lmasa kerak. Men shunchaki klub oldinga intilishini istayman. Men har doim shuni xohlaganman. Men uni doim kuzatib boraman.

«Uayt Xart Leyn»dagi so'nggi mavsum va «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yindagi goli haqida:

Men uchun eng o'zgachasi shundaki, biz «Uayt Xart Leyn»da birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmagandik. Bu aqlbovar qilmas edi. Yakuniy o'yin, mavsumning so'nggi uy uchrashuvida «Yunayted» darvozasiga kiritilgan gol — men uchun bu juda muhim edi. Stadionni gol bilan yopish — men buni har doim eslab qolaman. Men uchun bu hayratlanarli edi. Bu haqiqatga aylangan orzu edi.

Futboldagi qariyb 20 yillik faoliyatini yakunlash haqida:

Futbol... bu mening hayotim edi, tushunasizmi, faoliyatni yakunlash oson kechmadi, lekin tizzam endi ko'tara olmasdi. Men hali ham o'yindan zavq olayotgandim va har safar maydonga tushganimda, keyinchalik afsuslanmaslik uchun bor kuchimni berishga harakat qilardim. Lekin vaqt kelganini bilardim.
MLS'dan qaytdim (Vanyama 2020–2024 yillarda «Monreal»da bo'lgan), «Danfermlin»ga o'tdim va bir o'yinda o'zimga qanchalik katta yuklama berganimni eslayman — tizzam uch kun shishib yurdi. O'shanda hammasini tushundim: «Men o'zimni bunday qiynay olmayman». Tizzamga dam berish va uyda bolalarim uchun biroz yashash vaqti keldi.

Faoliyatini yakunlaganidan keyin nimalar bilan shug'ullanayotgani haqida:

Hozir men murabbiylik litsenziyasi A ni olish ustida ishlayapman va deyarli yakunladim, topshirishga oz qoldi. Bu juda zo'r. Men futbolni yaxshi ko'raman. Bu men biladigan va qo'limdan keladigan narsa. Qolaversa, futbol menga bergan narsalarni unga qaytarmoqchiman.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.