Lassin Sinayoko Liga 1 tarixidagi eng tezkor gollardan birini urdi
Lassin Sinayoko Liga 1 doirasidagi bahsda 23-soniyada gol urdi. Bu Marsel uchun Opta statistikasi tarixidagi eng tezkor o'tkazib yuborilgan gol bo'ldi.
Lassin Sinayokoning 23-soniyada urgan goli Liga 1 o'yinlaridagi eng tezkor gollardan biriga aylandi. Bu 2024-yil aprel oyida Vissam Ben Yedder tomonidan kiritilgan goldan (00:21, Monako - Lion) keyingi eng tezkor natija hisoblanadi.
Shuningdek, bu Opta ma'lumotlarni to'plashni boshlagan 2006/07-yilgi mavsumdan buyon Marsel darvozasiga kiritilgan eng tezkor gol bo'ldi.