X. A. Lopes: «Real Madrid»ga qarshi o'yindagi penalti vaziyatni butunlay o'zgartirib yubordi»
«Rasing» bosh murabbiyi X. A. Lopes «Real Madrid»ga qarshi o'yinda belgilangan penalti va hakamlarning VAR tizimidan foydalanishi haqida fikr bildirdi.
X. A. Lopes («Rasing» bosh murabbiyi): «Darvozamizga belgilangan penalti «Madrid»ga qarshi o'yin borishini butunlay o'zgartirib yubordi. Mbappe ishtirokidagi epizodda umuman qoida buzilishi yo'q edi. Futbolda jismoniy kontaktlarga ruxsat beriladi.
Men VAR nima uchun ayrim epizodlarga aralashib, boshqalarini e'tiborsiz qoldirishini tushunmayapman. Bizda o'ta kuchli vosita bor, lekin biz undan foydalanishni bilmaymiz. Yoki shunchaki xohlamaymiz. Ular [hakamlar] VAR'dan foydalanishni bilishmaydi».