Xans Kray: Niderlandiya Germaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nochor qoldi
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xans Kray Germaniyadan uchralgan yirik mag'lubiyatga o'z munosabatini bildirdi.
Xans Kray-kichik Niderlandiya terma jamoasining Germaniyadan uchralgan yirik mag'lubiyati haqida fikr bildirdi:
"Biz 0:5 hisobida yutqazdik. Beshga nol... Mutlaqo nol jasorat va nol pressing bilan. Bizni shunchaki tor-mor etishdi, barcha zaif tomonlarimizni fosh qilishdi. Biz raqib tempiga dosh bera olmadik va doimo kechikdik. Butun oqshom davomida biz mutlaqo nochor ahvolda edik".