Real Madrid sobiq o'yinchilari transferi bo'yicha daromad olishi mumkin
Real Madrid tarbiyalanuvchilari Xavi Rueda va Antonio Blankoning transferi orqali "qaymoqranglilar" katta foyda ko'rishi mumkin.
📰 El Mundo xabariga ko'ra, "Nottingem Forest" "Selta" safida to'p surayotgan "Real" tarbiyalanuvchisi Xavi Rueda bilan qiziqmoqda.
24 yoshli yarim himoyachining "Selta" bilan shartnomasida tovon puli 30 million yevro etib belgilangan. Agar transfer amalga oshsa, "Real" ushbu summaning 50 foizini qo'lga kiritadi, chunki klub futbolchining transfer huquqlarining yarmiga egalik qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko'ra, "Alaves" yarim himoyachisi Antonio Blankoga "Vilyarreal" va "Betis" qiziqish bildirmoqda. "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchining shartnomasidagi tovon puli 20 million yevroni tashkil etadi.
Ushbu futbolchi sotilgan taqdirda ham, madridliklar transfer summasining 50 foizini olish huquqiga ega.