Aron Yakobishvili "Barselona"ni tark etmoqchi
Aron Yakobishvili "Barselona"dan ketish niyatida. U o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun La Liga jamoalaridan biriga o'tmoqchi.
Xavyer Gaskon xabariga ko'ra, Aron Yakobishvili hamon "Barselona"dan ketish niyatida.
U o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda va bunga La Liga jamoalaridan birida erishmoqchi. Uchinchi darvozabon sifatida qolib, raqobatda imkoniyatlari kam bo'lishini istamayapti, chunki Flik Joan Garsiya va Shensnini ustun ko'rmoqda.
Pini Zaxavining Barselonaga kelishi futbolchining ketish variantini yana faollashtirdi. Klub ham bu qarorni qo'llab-quvvatlamoqda: navbatdagi ijara yoki qaytarib sotib olish huquqi bilan transfer amalga oshirilishi mumkin.