Sevilla La Liga tashkilotiga rasmiy shikoyat yo'lladi
Sevilla klubi Madridning Real jamoasiga qarshi o'yindagi hakamlik va yoritish jarayonlari yuzasidan La Ligaga rasmiy shikoyat bilan chiqdi.
Sevilla klubi rasmiy bayonoti:
Sevilla 2026-yil 18-oktyabr kuni Santyago Bernabeu stadionida Madridning Real klubiga qarshi o'tkazilgan o'yin davomida yuz bergan voqealar yuzasidan La Liga Musobaqalar departamentiga rasmiy shikoyat yo'lladi. Prezident Xose Mariya del Nido Karrasko tomonidan imzolangan ushbu murojaatda klub hakamlar qarorlaridan chuqur noroziligini, o'yinning audiovizual yoritilishidan qoniqmaganini hamda La Liganing rejissura va tahririyatiga mas'ul shaxsning yaqinda qilgan bayonotlaridan qattiq xavotirda ekanligini bildiradi.