«Roma» muxlislar uchun kiritilgan taqiq yuzasidan apellyatsiya bermoqchi
«Roma» Rim provinsiyasida yashovchi muxlislar uchun «Torino»ga qarshi safar o'yiniga qo'yilgan taqiqni bekor qilish uchun apellyatsiya bermoqchi.
«Roma» «Torino»ga qarshi safar o'yini uchun Rim provinsiyasida istiqomat qiluvchi «jallorossi» muxlislariga qo'yilgan tashrif taqiqini bekor qilish yuzasidan shikoyat qilmoqchi.
Bu haqda Corriere dello Sport jurnalisti Yakopo Aliprandi o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
CASMS qarori Rim provinsiyasida yashovchi muxlislarga o'yinga kirishni taqiqlaydi, shu bilan birga Latsio mintaqasining boshqa qismlaridan kelgan fanatlarga bunday cheklovlar tatbiq etilmaydi. Shunga qaramay, ikkinchi toifadagi muxlislar stadionga kirish uchun baribir «Roma»ning rasmiy muxlislik kartasiga ega bo'lishlari talab etiladi.
Chiptalarni umumiy sotish bugun ertalab soat 10:00 da boshlandi. Endilikda klub Rim provinsiyasidagi muxlislarga Turindagi safar o'yinida jamoani qo'llab-quvvatlash imkonini berish uchun ushbu qarorni apellyatsiya orqali bekor qilishga intilmoqda.