Rafael Leao uchun takliflar va uning maoshi borasidagi muammolar
Rafael Leao uchun "Lids" va "Aston Villa" taklif bilan chiqdi, ammo futbolchining maosh talabi klublarni qoniqtirmayapti.
Yakup Chinar (90+ Digital) xabariga ko'ra:
"Lids" va "Aston Villa" Rafael Leao uchun 42,5 million funt sterling hamda 4,25 million funt bonus ko'rinishida taklif bilan chiqdi. Biroq futbolchining o'zi yillik 8,5 million funt maosh talab qilmoqda, bu esa har ikki klub uchun ham haddan tashqari yuqori talab deb baholanmoqda.