Drezan Olise bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi
«Bavariya» boshqaruv kengashi raisi Yan-Kristian Drezan Maykl Olisening kelajagi va uning salohiyati haqida fikr bildirdi.
Drezan «Bavariya» Maykl Olise bilan yangi shartnoma ustida ish boshlagani haqida:
«Maykl — istedodli futbolchi. Agar kimdir bugun mendan u qachondir «Oltin to'p»ni yuta oladimi deb so'rasa, javobim doimo shunday bo'ladi: Nega endi yo'q? Albatta, unga yaxshi ishlaydigan jamoa ham kerak. U buni shu yerda, «Bavariya»da topdi va buni qadrlaydi.
Biz Maykl imkon qadar uzoq vaqt biz uchun o'ynashini istaymiz. Tegishli vaqt kelganda, biz u bilan kelajagi haqida gaplashamiz»