Yuri Regeer "Verder"ga ijaraga o'tdi
Yarim himoyachi Yuri Regeer "Ayaks"dan "Verder"ga ijara asosida o'tdi. Kelishuv sotib olish huquqi bilan 2027-yilgacha mo'ljallangan.
🤝 "Ayaks" va "Verder" yarim himoyachi Yuri Regeerning nemis klubiga ijara asosida o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumning qolgan qismini Bundesligada o'tkazadi va shartnoma 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Ijara shartnomasida "Verder" uchun sotib olish opsiyasi ham mavjud.
Regeerning "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar davom etadi.