A. Ruis: «Real Madrid» o'z o'yinini topa olmayapti»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

A. Ruis: «Real Madrid» o'z o'yinini topa olmayapti»

🎤 A. Ruis (fransuz jurnalisti): «Madrid» hali bu mavsumda o'zini to'liq ko'rsata olgani yo'q. La Liganing 8 ta turi ortda qoldi, ammo jamoa hali biror marta ham: «Mana biz kimmiz!» deb ayta oladigan o'yin namoyish etmadi. Umuman, bu «Madrid»ning o'yin uslubi qanday? Tushunarsiz.

Mourinyu odatdagidek ish bilan band. «Negreyra ishi» atrofidagi shov-shuvni kuchaytirmoqda, go'yoki uni qalqon sifatida ishlatayotgandek. Xuddi shu holat zaxira o'rindig'ida ham kuzatilmoqda. Imo-ishoralar, baqiriqlar, kimnidir qattiq tanqid qilish — go'yoki ataylab e'tiborni o'ziga qaratayotgandek. Futbolga qaraganda shovqin ko'proq.

Ha, «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda g'alaba qozonildi. Bu 3 ochko La Ligada chempionlik umidlarini erta so'ndirmaslik uchun juda zarur edi. Ammo oldinda «El-Klasiko» kutib turibdi (25.10, 23:00 msk).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!