🚨 A Seriya startiga 10 kun qoldi, ammo Amorimda hali ham ko'plab savollar bor.
Menyan faqat yakshanba kuni qaytadi. Gila testlardan o'tishi kerak. Rabyo jamoa bilan bor yo'g'i bir hafta shug'ullanishga ulguradi. Fofana ketish arafasida.
Oldinda esa Modrich yonida kim o'ynashi, qanotlarda kimlar harakat qilishi va hujumda Nkunku bilan kim juftlik hosil qilishi kabi masalalarni hal qilish kerak.
Bugun Kardinale Milanelloga tashrif buyuradi — mavsum oldidan o'tkaziladigan transfer yig'ilishi qizg'in o'tishi kutilmoqda. 🔴⚫
23-avgust kuni «Torino»ga qarshi bahs kutib turibdi. Eksperimentlar uchun vaqt deyarli qolmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!