Abrorbek Ismoilov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi
Jamoamizning mahoratli va hujumkor yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga chaqirildi.
Joriy mavsumda «Neftchi» tarkibida o‘zining yorqin va mazmunli o‘yinlari, maydonni ko‘ra olish qobiliyati hamda hujumlarni tashkil etishdagi faolligi bilan ajralib turgan futbolchi bosh murabbiyning e’tiborini qozonishga erishdi. Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan jiddiy bahslar oldidan Ismoilovning terma jamoa lageriga jalb etilishi, vakillarimizning yarim himoya chizig‘idagi raqobatni yanada kuchaytirishi shubhasiz.
Abrorbek Ismoilovga bo‘lajak mas’uliyatli o‘yinlarda omad va zafarlar tilab, milliy terma jamoamiz libosida ham o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishini kutib qolamiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!