AEK - Real Madrid o'yini haqida ekspertlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

AEK - Real Madrid o'yini haqida ekspertlar fikri

📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "AEKga qarshi o'yinda "Real Madrid" yomon o'ynadi. Jamoa so'nggi vaqtlarda yaxshilashga erishgan ko'plab jihatlarni bajara olmay qoldi.

Lekin juda muhim bir jihat bor: kecha "Madrid" futbolchilari bir soniya ham g'alabaga bo'lgan ishonchni yo'qotishmadi. Futbolchilar o'zlariga va qilayotgan ishlariga ishonishadi. O'tgan mavsumdagi "Madrid" bu uchrashuvni hech qachon yuta olmasdi. O'yinchilar mentalitetida nimadir o'zgargani yaqqol ko'rinib turibdi.

📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Eng yaxshi "Real Madrid" — bu remontadalar qila oladigan "Madrid"."

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Garchi g'alaba juda qiyin kechgan bo'lsa-da, "Madrid"ning AEKga qarshi o'yini menga yoqdi. Ammo mening nazarimda, "Madrid"ning saviyasi va raqobatbardoshligini "PSJ", "Bavariya" yoki "Arsenal" bilan bir qatorga qo'yishga hali erta."

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!