🚨 Xavi Migel (🌖): O'tgan hafta Deku Jorje Mendeshga agar Balde bo'yicha yaxshi taklif tushsa, eshiklar ochiq bo'lishini ma'lum qildi.
Klub Baldeni taxminan 30 million yevroga baholamoqda. Ular bu yaxshi taklif bo'lishiga ishonishadi.
Mendesh Baldening pozitsiyasini yetkazdi, futbolchi boshidanoq ketishni qat'iyan istamagan. Keyinroq o'yinchi Flik bilan uchrashdi va murabbiy unga Xavi Espartni misol qilib keltirib, munosabati uchun tanbeh berdi.
Zayavkadan chetlatilish Baldeni g'azablantirdi va u o'z yaqinlari orqali OAVga noroziligini tezda bildirdi. Hatto futbolchi Flik va klub unga nisbatan hech qachon ochiq bo'lmagan deb hisoblashi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi, shuningdek, yozda Balde «Barsa»ga sodiqligi sababli bir nechta takliflarni rad etganini eslatib o'tdi.
Jamoadagi taranglik sezilarli darajada. Bugungi kunda yagona maqbul yechim — bu o'yinchining ketishi, bunda ijara emas — «Manchester Yunayted» aynan shunday variantni taklif qilgan ko'rinadi — balki qaytarib sotib olish huquqisiz to'liq transfer amalga oshirilishi kerak.
Chorshanba kuni Flik matbuot anjumanida vaziyatni yumshatishi mumkin, chunki mojaroning kuchayishi mutlaqo samarasiz bo'lishini tushunib turibdi. Har qanday holatda ham, klubga futbolchining o'z noroziligini bildirgan usuli yoqmadi, ayniqsa, ular yakshanba kungi uchrashuvda murabbiy u bilan juda halol va ochiq bo'lgan deb hisoblashadi. Kiyinish xonasida ayni damda hamma narsa Balde qolishdan ko'ra ketish ehtimoli yuqoriligini ko'rsatayotganini tan olishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!