Aleksis matbuot anjumanida o'z shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqidagi savolga juda ochiq va atroflicha javob berdi:
Ko'pchilik bu yozda ketishim mumkinligini biladi. Klub menga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilganini ma'lum qildi, bu, albatta, meni juda xafa qildi. Hamma ko'rib turibdiki, men har kuni ushbu klub uchun bor kuchimni 100 foiz bermoqdaman. Hammada bo'lgani kabi, menda ham yaxshi va yomon o'yinlar bo'ladi, lekin men doim borimni beraman.
Dominik va Rayan o'z shartnomalarini olishdi va men yigitlar uchun xursandman, chunki ular bunga to'liq loyiq edilar, lekin shu bilan birga, bu meni xafa qiladi, chunki men o'z taklifimni olmadim. Lekin hali vaqt bor.
Muxlislar xavotir olmasin, men baribir shu yerda ekanman, o'zimni 100 foiz bag'ishlashda davom etaman. Men «Liverpul»ni va bu klubni sevaman, muxlislarimizni yaxshi ko'raman. Futbolchi sifatida ba'zida shunday bo'ladiki, sen klubda juda uzoq vaqt qolib ketasan va u yerdan ketmaguningcha qanchalik omading kelganini anglamaysan. Men bilan bunday bo'lmayapti: men bu qanchalik ajoyib klub ekanligini juda yaxshi tushunaman. Bu shaharning o'ziga xos jihati bor va albatta, menga bu yerda bo'lish yoqadi.
Shartnomam tugashiga hali ikki yil bor. Biror narsa o'zgarishi mumkinmi? Balki, bilmayman. Balki, bu yil qanday o'yin ko'rsatishimga bog'liq bo'lar. Ularning har qanday qaror qabul qilishga haqlari bor.
Nima bo'lishini ko'ramiz, lekin, albatta, bu meni xafa qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!