Alisson Bekker: "Liverpulda qolishni istayman"
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 17

Alisson Bekker: "Liverpulda qolishni istayman"

🛑 "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Alissondan jamoada qolishni istaydimi yoki yo'q, deya so'rashdi:

"Ha, agar gap o'zim xohlagan narsa haqida ketsa. Hozir bor e'tiborim har bir navbatdagi o'yinga qaratilgan, ammo xayolan qolishni istardim. Albatta, hammasi ko'plab omillar va turli vaziyatlarga bog'liq, lekin mening istagim – qolish. Men va oilam bu yerda baxtlimiz. Men hamon sovrinlarga chanqoqman va yuqori saviyani ko'rsatishda davom etmoqchiman. Imkon qadar uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashni istayman, shuning uchun vaziyatga aynan shunday qarayapman. Agentim bu borada klub bilan muzokara olib bormoqda".

🛑 Iraola qo'l ostidagi o'yin haqida:

"O'ylaymanki, barcha vaziyatlarni to'g'ri boshqara olish kerak. Ishlar yaxshi ketayotganda, haddan tashqari eyforiyaga berilmaslik uchun his-tuyg'ularni biroz jilovlash lozim. Hozirgi haqiqatimiz shundan iboratki, biz qodir bo'lganimizdek yaxshi o'ynamayapmiz. Bu yomon o'ynayapmiz degani emas – ko'plab o'yinlarda yaxshi harakat qildik, ammo bizga barqarorlik yetishmayapti. Hozir mag'lubiyatlar keltiradigan hafsalasizlikni nazorat qilish, xotirjamlikni saqlash va jamoamiz saviyasini yodda tutish muhim. Bizda top-murabbiy, top-futbolchilar bor. Biz katta ishlarga qodirmiz, ammo jamoa sifatida shunday holatga kelishimiz kerakki, o'shanda: "Endi hammasi joyida. Bizda ishonch bor. G'alaba qozonish uchun kerakli barcha narsaga egamiz", deb his qilaylik. Biz buni endi shakllantiryapmiz. Umid qilamanki, bunga juda tez erishamiz, ammo buning uchun vaqt kerak. Sabrli bo'lish lozim. Garchi biz, futbolchilarning xayolimizda behuda sarflashga vaqtimiz bo'lmasa-da. Biz g'alaba qozonishni istaymiz. Premer-liga chempioni bo'lishni, UEFA Chempionlar ligasi, Liga kubogi, Angliya kubogini yutishni istaymiz. Biz bu klub bilan barchasini yutmoqchimiz, chunki bu o'ziga xos klub va biz aynan shu maqsadda shu yerdamiz".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!