Amadu Onana Aston Villa TV uchun bergan intervyusida:
«Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Klub tashabbus ko'rsatib, shunday og'ir jarohatdan tiklanayotgan vaqtimda shartnomamni uzaytirgani juda ko'p narsani anglatadi. Bu murabbiy, Demian (Vidaganyi, sport direktori) va direktorlar kengashi menga bo'lgan ishonchini ko'rsatadi».
«Ishlar haqiqatan ham yaxshi ketmoqda. Boshlanishi biroz qiyin bo'ldi, ayniqsa psixologik jihatdan, lekin hozir ancha yaxshi holatdaman. O'zimni yana avvalgidek his qilyapman va bu meni baxtli qilmoqda».
«Bu jarayon meni ancha kuchliroq qildi va o'zim haqimda ko'p narsalarni o'rgandim. Ba'zida qiyin damlar bo'ladi va aynan o'sha paytda yoningizda odamlar — shu yerdagi insonlar, xodimlar kerak bo'ladi. Hammasi qanday kechayotganidan juda minnatdorman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!