Aston Villa Joao Palinha transferi ustida ishlamoqda
Aston Villa Amadu Onananing jarohatidan so'ng, Bavariya yarim himoyachisi Joao Palinhani ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Aston Villa Amadu Onananing jiddiy jarohatidan so'ng, tarkibni kuchaytirish maqsadida Joao Palinha ijarasi bo'yicha deyarli bir oydan beri muzokaralar olib bormoqda.
💸 The Athletic xabariga ko'ra, Bavariya hozirgi vaqtda 30 million yevro talab qilmoqda - bu summa to'liq transfer yoki ijara muddati yakunlangach, sotib olish opsiyasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkin.