Andre Almeyda "Suonsi"ga o'tishni istamayapti
Валенсия ФК ↗ ●●●●○ Transfer 👁 13

Andre Almeyda "Suonsi"ga o'tishni istamayapti

Andre Almeyda klub rahbariyatiga "Suonsi"ga o'tish niyati yo'qligini ma'lum qildi. Garchi klublar transfer shartlarini kelishib olgan bo'lsa-da, yarim himoyachi bu taklifni rad etdi. Endilikda rahbariyat futbolchini qarorini o'zgartirishga ko'ndirmoqchi.

Manbalar xabariga ko'ra, Almeyda klubning harakatlaridan ham norozi. Futbolchi 2023-yilda "Barselona", keyinroq esa "Portu"ga o'tish imkoniyati bo'lganida, klub uni qo'yib yubormaganini eslamoqda. Endi esa klub uni Chempionshipga jo'natmoqchi, bu ham uning "Suonsi"ga o'tishdan bosh tortishiga sabab bo'lgan.

❌ Klub har qanday yo'l bilan futbolchidan qutulmoqchi va unga ishonch bildirmayapti. Yaqin soatlarda muzokaralar qayta boshlanadimi yoki futbolchi o'z qarorini yakuniy deb tasdiqlaydimi, buni kuzatamiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!