Yann Gboho transferi bo'yicha vaziyat o'zgardi
Santi Auna xabariga ko'ra, «Tuluza» va «Kanzas-Siti» Yann Gboho transferi bo'yicha kelishib oldi, ammo «Lion» ham futbolchi uchun kurashga kirishdi.
Santi Auna xabariga ko'ra, 🤝 «Tuluza» va «Kanzas-Siti» Yann Gboho transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.
✍️ Shuningdek, MLS klubi va futbolchi o'rtasida shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha ham kelishuvga erishilgan.
❗️Biroq, «Lion» so'nggi soatlarda Gboho uchun kurashga qo'shildi va uni Keyto Nakamura safiga qo'shimcha sifatida sotib olishni rejalashtirmoqda.