Andre-Frank Zambo-Angissa DAZN nashriga «Roma» bilan o'yindan so'ng intervyu berdi:
«Murabbiy jamoaga juda ishonadi va har doim ijobiy kayfiyatda. Biz ham g'alaba qozona olmasak ham, ijobiy bo'lishga harakat qilyapmiz. 2:0, 3:2 hisobida oldinda borayotganingda, g'alabani qo'ldan boy bermasliging kerak.
Golmi? Men to'pni ko'rib qoldim va yaxshi zarba berdim. O'zim ham buni kutmagandim [kuladi]. Burchakka tepish niyatim yo'q edi, shunchaki zarba berib ko'rdim.
Har doim o'sish uchun imkoniyat bor; o'yinga qaytganimdan xursandman, chunki bir oy maydondan tashqarida qolish — bu og'ir.
Umid qilamanki, jamoaga yordam bera olaman. Biz ochko jamg'armoqdamiz. Men har doim o'ynashdan xursandman.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!