Andre-Frank Zambo-Angissa kecha yakka tartibdagi mashg'ulotlarni davom ettirdi.
Rasmiy xabarga ko'ra, bu haqda «Napoli» matbuot xizmati ma'lum qildi. Kamerunlik yarim himoyachining yakshanba kungi o'yinda ishtirok etishi, optimistik bayonotlarga qaramay, yana so'roq ostida qolmoqda. Xuddi shunday holat «Bolonya» bilan o'yingacha ham kuzatilgandi. Katta ehtimol bilan, uning «Fiorentina»ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilishi masalasi so'nggi daqiqalarda hal qilinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!