Andre: «Liverpul»ning taklifini rad etish juda qiyin edi»
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 33

Andre: «Liverpul»ning taklifini rad etish juda qiyin edi»

Braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Andre «Liverpul»ning 2023-yildagi taklifi va «Fluminense»da qolish bo'yicha bergan va'dasi haqida gapirdi:

«Men so'z bergan edim va agar ketsam, faqat 2023-yil oxirida – Libertadores kubogidan keyin ketishga kelishib olgandik.

«Liverpul» bunday taklif bilan chiqishini kutmagandik.

Uni rad etish deyarli imkonsiz edi, chunki gap 30 million funt sterling haqida ketayotgandi, shaxsiy shartlarim esa umuman boshqa masala. Ular «Fluminense»da olayotgan maoshim bilan hatto yaqin ham kelmasdi. Bu hayotimni o'zgartirib yuboradigan taklif edi.

Men klubga shunday dedim: «Men faqat klubning o'zi kelib, «Yo'q, moliyaviy holat va boshqa sabablar tufayli seni sotishimiz kerak», deb turib olsa ketaman».

Ammo klubda barchasi Libertadores kubogida oxirigacha bora olishimizga juda ishonishgandi».

«Fluminense» yakunda Libertadores kubogi finaliga chiqib, g'olib bo'ldi, Andre esa 2024-yil yozida 18 million funt sterling evaziga «Vulvz»ga o'tdi va hozirda o'sha yerda to'p tepmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!