Angliya futboli dunyodagi eng boy va raqobatbardosh liga hisoblanadi, biroq ayni damda moliyaviy halokat yoqasida turibdi. Xo'sh, nima qilish kerak?
Regulyatorning olti banddan iborat rejasi mavjud: pul taqsimotini isloh qilish, zararlarni qisqartirish, Milliy ligadagi nazoratni kuchaytirish, klublarni xatarlarni boshqarishga o'rgatish, muxlislar fikrini inobatga olish va korporativ boshqaruvni yaxshilash. Klublar to'liq litsenziyalarni 2030-yilning mayigacha olishlari kerak.
Asosiy muammo – pul taqsimoti. APL EFLga o'n yil davomida 1,5 milliard funt sterling, ya'ni yiliga o'rtacha 150 million funt taklif qildi. Paketga «parashyut» to'lovlarini qisqartirish, inqirozga uchragan klublar uchun «qutqaruv fondi» va infratuzilma uchun mablag'lar kiradi.
EFLga bu yetarli emas: sentyabr oyida liga yiliga 207 million funt so'ragan edi. Regulyator tomonlar kelishuvga erishmasa, aralashish bilan tahdid qilmoqda.
Shuningdek, telehuquqlar 2027/28-yilgi mavsumgacha kafolatlangan, undan keyin esa noma'lumlik: bozor to'yingan, efir egalari mablag'ni tejamoqda, striming xizmatlariga bo'lgan talab esa oldindan aytib bo'lmaydigan darajada.
Hisobot hozircha qoralama ko'rinishida – taklif va mulohazalar 2026-yilning 8-dekabriga qadar qabul qilinadi. APL allaqachon pul taqsimoti masalasini futbolning o'z kuchi bilan hal qilmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!