Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi

📰 Marca xabariga ko'ra, Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

33 yoshli himoyachi bor e'tiborini Madrid klubiga qaratmoqchi, jismoniy holatini asrab, yuqori saviyadagi faoliyatini uzaytirishni istamoqda.

📺 Plettenberg (Sky Sport jurnalisti) ma'lumotiga ko'ra, yaqin vaqt ichida Ryudiger xalqaro faoliyatini yakunlagani haqida rasman e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ryudiger Germaniya terma jamoasida 2014-yilda debyut qilgan. U terma jamoa safida 86 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 14 ta sariq kartochka olgan. Futbolchi milliy jamoa bilan birga 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogi g'olibi bo'lgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!