Arda Guler «Real Madrid»ning ajralmas qismiga aylanmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Arda Guler «Real Madrid»ning ajralmas qismiga aylanmoqda

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti): «Hozirgi «Real Madrid» — bu Gulerning «Real Madrid»i. Har bir o'yin bilan turkiyalik futbolchi yanada muhimroq rol o'ynamoqda va shunday ham bo'lishi kerak. U o'yinda qanchalik ko'p ishtirok etsa, jamoa uchun shunchalik yaxshi — xoh o'ng qanotda, xoh tayanch yarim himoyachilar juftligida bo'lsin. Guler maydonda bo'lmaganida, uning yo'qligi juda yaqqol seziladi.

Guler — juda iqtidorli futbolchi. U «Madrid» darajasiga mos o'yin mahorati va xarakterga ega.

📰 Marca | Endi «Madrid»da hech kim shubhalanmaydi: Guler — asosiy tarkibning daxlsiz futbolchisi.

📻 Ros (Onda Cero jurnalisti): «Bellingem va Mbappe Guler tufayli o'yindan katta zavq olishmoqda».

📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): «Guler va Bernardu juftligi «Madrid» o'yinini butunlay o'zgartirib yubormoqda».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!