Arne Engels «Vest Xem»ga o'tmoqda! Sky Sports xabariga ko'ra, «Seltik» va «Vest Xem» 22 yoshli belgiyalik yarim himoyachining transferi bo'yicha 26 million yevro evaziga kelishuvga erishdi.
💰 «Augsburg» uchun yana bir ajoyib yangilik: 2024-yilda Engelsni Shotlandiyaga sotishda «Augsburg» futbolchining keyingi transferidan 10 foiz ulush olish huquqini saqlab qolgan edi. Bu shuni anglatadiki, «Vest Xem» bilan tuzilgan bitim tufayli klub budjeti yana taxminan 2,58 million yevroga boyiydi.
Peychinovich uchun olingan foizlar (2,5 million yevro) bilan birgalikda, «Augsburg» rahbariyati qisqa vaqt ichida sobiq futbolchilar hisobiga 5 million yevrodan ortiq mablag' ishlab oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!