R.I.P Ken Frayar 🥀
Kim hali ham bugun klub uchun qanday shaxs olamdan o'tganini tushunmagan bo'lsa.
Ken Frayar o'z hayotining deyarli barchasini Arsenalga bag'ishlagan inson. Ken Frayarning tarixi xuddi kinodagidek boshlangan. 1940-yillarda bola eski «Xayberi» stadioni yonida futbol o'ynagan. U tasodifan to'pni to'xtab turgan mashina ostiga tepib yuboradi. Uni olish uchun borganida, avtomobil Arsenal bosh murabbiyi Jorj Ellisonniki ekanligi ma'lum bo'ladi.
Ellison bolaning g'ayratini yoqtirib qoladi va unga Arsenalning uy uchrashuvlarida yugurdak bo'lib ishlashni taklif qiladi. Shunday qilib, 70 yildan ortiq davom etgan faoliyat boshlanadi. Frayar asta-sekin chipta kassasi xodimligidan klub kotibi, ijrochi direktor va direktorlar kengashi a'zoligigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Ammo uning eng katta xizmati — Arsenalning «Xayberi»dan «Emireyts»ga ko'chib o'tishidir. Denni Fizman bilan birgalikda u 2006-yilda ochilgan yangi stadion qurilishi loyihasiga rahbarlik qilgan. Frayar loyihaning sport tomoni bilan emas, balki tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy masalalar bilan shug'ullangan.
2014-yil 28-fevralda, Frayar hayotligidayoq unga haykal o'rnatilgan. Bunda haykaltaroshlar uni keksa rahbar sifatida emas, balki futbol to'pi bilan o'ynayotgan bola qiyofasida tasvirlashgan. Bu uning Jorj Ellison bilan tanishuv tarixiga ishora. Haykal «Emireyts»ning shimoliy qismida, Arsenal muzeyi qarshisida joylashgan. Shuningdek, 2011-yilda Frayar sharafiga stadionga olib boruvchi ko'prikka uning nomi berilgan. 2020-yilda Frayar direktorlar kengashini tark etib, Arsenalning umrbod prezidentiga aylandi.
Bugun, 2026-yil 13-oktyabrda u 92 yoshida vafot etdi. Lillga qarshi o'yinda Arsenal futbolchilari motam bog'ichlari bilan maydonga tushishadi. Aslida Frayar haykali — yugurdak boladan Arsenal tarixidagi eng muhim rahbarlardan biriga aylangan insonga bo'lgan minnatdorchilik ramzidir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!