Sami Mokbel xabariga ko'ra, "Arsenal" sport direktori Andrea Berta o'z aloqalaridan foydalangan holda Gabriel Martinelli va Itan Nvanerini Turkiya klublariga sotish ustida faol ishlamoqda. Martinelli uchun 45 million yevrolik og'zaki taklif kelib tushgan, biroq 25 yoshli braziliyalik vinger Turkiyaga ko'chib o'tishga unchalik qiziqmayapti. Muzokaralar davomida "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxenning kelajagi ham muhokama qilingan. Avvalroq PSJ ham Martinelliga qiziqish bildirgan, ammo keyinchalik boshqa variantlarga e'tibor qaratgan.
BBC Sport ma'lumotiga ko'ra, 19 yoshli Itan Nvaneri yozda "Arsenal" sotishga tayyor bo'lgan o'yinchilar ro'yxatida bor. Unga "Milan", "Fulxem", "RB Leyptsig" va "Borussiya" Dortmund kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Andrea Bertaga tarkibni kuchaytirish bilan birga, futbolchilarni faol sotish vazifasi ham yuklatilgan.
Leandro Trossard allaqachon 17 million funtgacha bo'lgan kelishuv asosida "Beshiktosh"ga o'tdi. "Arsenal" Trossard, Yakub Kivior, Kristian Norgor va Karl Xeyndan jami 45 million funt atrofida mablag' ishlab olishi kutilmoqda. Shuningdek, klub Riss Nelsonni "Vest Xem"ga sotish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, Gabriel Jezus va Fabiu Vieyra ham jamoani tark etishi mumkin, Martin Subimendi esa Ispaniya klublari nishonida.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!