Kristian Falk ma'lumotiga ko'ra, Arsenalning Bavariya himoyachisi Kim Min Je bilan qiziqishi haqiqat.
Janubiy koreyalik futbolchi London klubining transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritilgan. E'tiborli jihati shundaki, Arsenal skautlar bo'limining hozirgi rahbari avvalroq, futbolchi Napolida o'ynab yurgan paytda ham Kimni tarkibga qo'shib olishni tavsiya qilgan edi.
Arsenal qishki transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda va Kim Min Je moliyaviy shartlar ma'qul kelgan taqdirda variantlardan biri bo'lishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!