Artur Vermeren intervyuda «Marsel»dagi davrini esladi:
«Axir men u yerda yomon boshlamagandim. O'sha ahmoqona qizil kartochkagacha (yanvar oyi boshida «Nant»ga qarshi). Bu men uchun hamma narsani o'zgartirib yubordi.
De Dzerbi menga katta ishonch bag'ishlagandi va qachonki shunday xatoga yo'l qo'ysangiz («Nant»ga qarshi), o'z qilmishingiz uchun javob berishga to'g'ri keladi. Keyingi hafta va oylarda deyarli maydonga tushmadim. Bu og'ir edi. Ba'zi jamoadoshlarim buni adolatsizlik deb aytishadi, lekin yakunda bu futbolning bir qismi. Men keyinchalik ham De Dzerbi bilan bir necha bor gaplashdim. U menga nima deganini o'zimda saqlab qolaman. Keyin esa u ham ketib qoldi.
Sodir bo'lgan barcha narsalar tufayli men jamoadoshlarimga qaraganda ruhiy jihatdan yetukroq bo'lib qoldim. Qiyin davrlar meni chiniqtirdi. Menga odamlar ham meni yoshi kattaroq deb hisoblashayotgandek tuyuladi. Ba'zilar: «U allaqachon «Antverpen»ga qaytdi, demak, uning faoliyati tugadi», deyishadi. Qo'ysangiz-chi, axir men 21 yoshdaman! Faoliyatim endi boshlanyapti (...) lekin men imkon qadar tezroq cho'qqiga qaytishni istayman. To'g'ri yo'l bilan, shoshilmasdan.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!