🚨 "Atalanta" "Napoli" yarim himoyachisi Frank Zambo-Angissaga qiziqish bildirmoqda. Bergamo klubi allaqachon kamerunlik futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Shu bilan birga, "Napoli" futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti va uni tarkibda saqlab qolmoqchi. "Adzurri" Angissaga 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi 3 yillik shartnoma taklif qildi, biroq tomonlar hozircha maosh shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olishmadi.
"Atalanta" vaziyatni kuzatishda davom etmoqda va yangi shartnoma borasidagi kelishmovchiliklardan foydalanib qolishni ko'zlamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!