Inter Frank Zambo Angissa transferiga qiziqish bildirmoqda
«Inter» «Napoli» yarim himoyachisi Frank Zambo Angissaning shartnoma holatini kuzatmoqda. Futbolchining kelishuvi 2027-yilgacha mo'ljallangan.
«Inter» ham «Napoli» va Frank Zambo Angissa o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha murakkab muzokaralar jarayonini diqqat bilan kuzatib borayotgan klublar qatoriga kiradi. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2027-yilning iyun oyida o'z nihoyasiga yetadi.
Tuttosport