«Inter» Frank Zambo-Angissaga 3 yillik shartnoma va mavsumiga 4,5 million yevro maosh taklif qilishi mumkin. Bu 2024-yilda Pyotr Zelinskiyga taklif qilingan shartnoma bilan o'xshash.
Angissa «Inter»ning kelasi yozgi maqsadlari ro'yxatiga kiritilgan. «Neradzurri» 31 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2027-yil yozida yakunlanishini va hozircha uzaytirish bo'yicha kelishuv yo'qligini hisobga olib, uni tekinga qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
[Sport Mediaset]
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!