🚨 MARCA: «Atletiko Madrid»da mavsumiy chiptalar va tashrif buyurish bo'yicha yangi qoidalar ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
O'tgan mavsumning shu davrida, yangi qoidalar joriy etilgunga qadar, «Metropolitano» stadioniga o'rtacha tashrif 87 foizni tashkil etgan.
Bu mavsumda ushbu ko'rsatkich 91 foizga ko'tarildi va har bir o'yinga tashrif buyuruvchilar soni 60 000 kishidan oshmoqda.
O'tgan mavsumda «Elche»ga qarshi o'yinni 7000 nafar mavsumiy chipta egalari o'tkazib yuborgandi. Bu mavsumda «Malaga» va «Vilyarreal»ga qarshi o'yinlarda bu raqam 1200 nafargacha qisqardi.
Bo'lajak o'yinlarga barcha chiptalar sotib bo'linishi kutilmoqda, «Manchester Yunayted», «Deportivo La-Korunya», «Bavariya» va «Barselona»ga qarshi o'yinlar uchun umumiy joylarga bitta ham chipta qolmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!