Atletico Madrid uy uchrashuvlariga tashrif buyurish ko'rsatkichi oshdi
Atléti Zone ↗ ●●●●● Umumiy 👁 13

Atletico Madrid uy uchrashuvlariga tashrif buyurish ko'rsatkichi oshdi

Atletico Madrid klubining chiptalar va abonementlar bo'yicha yangi qoidalari ijobiy samara berdi.

O'tgan mavsumning ayni shu pallasida, yangi qoidalar joriy etilgunga qadar, Metropolitano stadioniga tashrif buyurish o'rtacha 87 foizni tashkil etgan.

Joriy mavsumda bu ko'rsatkich 91 foizga yetdi, har bir o'yinda stadionga tashrif buyuruvchilar soni 60 mingdan oshmoqda.

O'tgan mavsumda 7000 nafar abonement egalari Elchega qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Bu mavsumda esa Malaga va Vilyarrealga qarshi bahslarda bu raqam atigi 1200 tani tashkil etdi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Manchester Yunayted, Deportivo La-Korunya, Bavariya Myunxen yoki Barselona bilan o'yinlarda barcha chiptalar sotilib ketishi kutilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!