Ayaks Iv Bissumani o'z safiga qo'shib olishi mumkin
Eredivisie ↗ ●●●●● Transfer 👁 14

Ayaks Iv Bissumani o'z safiga qo'shib olishi mumkin

🙂 "Ayaks" yana bir transferni amalga oshirishi mumkin. De Telegraaf xabariga ko'ra, Jordi Kroyff Iv Bissumani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

30 yoshli yarim himoyachi "Tottenxem"dan ketganidan so'ng erkin agent hisoblanadi, shu sababli uni transfer oynasi yopilgandan keyin ham tarkibga qo'shib olish imkoniyati mavjud.

Bissuma ham "oltilik", ham "sakkizlik" pozitsiyalarida o'ynay oladi. Avgust oyi oxirida u allaqachon "Ayaks" bilan bog'langandi, endi esa klub uning transferini jiddiy ko'rib chiqish niyatida.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!