Bakari Sanya: "Real Madrid"dan kelgan xat men uchun katta motivatsiya bo'lgan"
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Matbuot 👁 25

Bakari Sanya: "Real Madrid"dan kelgan xat men uchun katta motivatsiya bo'lgan"

🗣️ Bakari Sanya:

2011-yilda "Tottenxem"ga qarshi o'yinda men boldir suyagimni sindirib olgandim.

Faoliyatimdagi eng yaxshi futbolimni ko'rsatayotgan edim, ammo baxtsiz hodisa tufayli og'ir jarohat oldim.

Ko'p o'tmay bazaga kelganimda, resepshendagi xodimning hayajonlanib turganini ko'rdim. U atrofga alanglab, asabiylashgan holda pichirladi: "Bu yoqqa keling, men bilan yuring".

U menga xat tutqazdi. Bu Madridning "Real" klubidan kelgan xat edi. Unda shunday deyilgandi: "Qadrli Bakari, jarohat olganingizdan afsusdamiz va tezroq sog'ayib ketishingizni tilaymiz". Xat Emilio Butragenyo tomonidan imzolangan edi.

Bu xat men uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lganini va meni qanchalik ta'sirlantirganini tasavvur ham qila olmaysiz. U men uchun aqlbovar qilmas motivatsiya manbaiga aylandi.

Men uni shu kungacha saqlab kelaman — hech qayerga ketmaydi. Ular uchun bu kichik bir ishora edi. Ammo bu senga qanday ta'sir qilishi va ularga nisbatan hurmating o'n barobar ortishi butunlay boshqacha tuyg'u.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!