Bakari Sanya «Inter»da o'ynashni istagani haqida gapirdi
«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Bakari Sanya «Inter»ga bo'lgan hurmati hamda bir vaqtlar klubga o'tishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Bakari Sanya:
«Men «Inter» safida to'p surishni istardim, bu buyuk klub. «Inter»ni hurmat qilaman, o'sha vaqtdagi egalar/prezident menga juda mehribon bo'lishgan. Men «Arsenal»ni tark etayotganimda, ular qiziqish bildirgan dastlabki klublardan biri edi. Muammo til to'sig'i va mening Premer-ligada qolish istagimda edi, u men uchun eng yaxshi chempionat bo'lib qolmoqda. Menga qora-ko'k libos yoqadi, «Inter»dagi hamma narsa menga manzur. Men — interistman».