Jerar Romero xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda «Barselona» Jyul Kunde ketishi mumkinligi sababli Pedro Porroning vakillari bilan bog'langan.
Kunde uchun APL klublaridan ko'plab takliflar bor. Hozircha futbolchi «ketaman» degani yo'q, ammo bu masala ochiq qolmoqda. Vaziyat yarim ochiq holatda, shuning uchun har qanday narsa yuz berishi mumkin. Yaqin kunlarda Jyul bilan nima bo'lishini ko'ramiz.
Eslatib o'tamiz, yaqinda shartnomasini uzaytirgan Porro «Tottenxem»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!