Kristian Falk xabariga ko'ra: "Bavariya"da Olise bilan shartnomani uzaytirish borasidagi vaziyatdan xavotirdalar, uning amaldagi kelishuvi 2029-yilda yakuniga yetadi. Myunxenliklar 24 yoshli vinger yangi bitim imzolashni istashiga ishonchi komil emas, chunki futbolchi shartnomaga tovon puli miqdorini kiritishni talab qilmoqda.
Qanday bo'lmasin, "Bavariya" muzokaralarni yakunlash uchun kelasi yozni kutishni istamaydi va Olise bilan yangi shartnoma borasida aynan hozir kelishib olishga intilmoqda.
"Madrid"da esa hamon fransiyalik futbolchining kelajagi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!