📰 AS: "Bavariya" Olise bo'yicha yangi shartnoma yuzasidan tarixiy taklif tayyorlamoqda. Bu "Real Madrid"ga ehtimoliy o'tishning oldini olish uchun qilinmoqda.
24 yoshli vingerning asosiy talabi, uning agenti ayniqsa qat'iy turib olgan jihat — bu tovon puli bandi bo'lib, uning summasi 200 million yevrodan oshishi mumkin.
Shu bilan birga, "Madrid"da Olise nemis klubida qolishiga ishonishmoqda. Aynan shu ssenariy hozir eng ehtimolli variant sifatida ko'rilmoqda.
📝 Fabrisio Romano: "Bavariya"da Olisega yangi shartnoma bo'yicha ulkan maosh va ba'zi maxsus bonuslar taklif qilishga tayyorlar.
Myunxenliklar "Real Madrid" futbolchiga qiziqish bildirayotganini bilishadi, garchi hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan bo'lsalar ham".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!