🚨 «Bavariya» shanba kuni «Dortmund»ni qabul qilganda, ko'krak bezi saratoniga qarshi birgalikdagi kurashga yana bir bor alohida e'tibor qaratadi.
ℹ️ O'yin boshlanishidan oldin ko'krak bezi saratoni bilan og'rigan ayollar hamda ushbu kasallik bilan kurashayotgan erkaklar «Bavariya» futbolchilari bilan birgalikda maydonga chiqishadi.
🔖 «Bavariya» liboslarining yeng qismidagi maxsus logotip ham ushbu muammo haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.
👀 Tashabbusni yakunlash uchun «Alyans Arena» yana pushti rangda yoritiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!