🆕 "Benfika" Joau Palinyani transfer qilish fikridan qaytgani yo'q. "Bavariya" ijaraga olish bo'yicha qilingan dastlabki taklifni rad etganidan so'ng, klub endi futbolchini to'liq sotib olish va to'lovni ikki mavsum davomida amalga oshirishni taklif qilmoqda.
💸 "Bavariya" kamida 25 million yevro talab qilmoqda. "Benfika" ustozi Marku Silva o'zining "Fulxem"dagi sobiq shogirdi Palinyani jamoasida ko'rishni juda istamoqda.
📈 "Nyukasl" portugaliyalik yarim himoyachi uchun kurashda "Benfika"ning asosiy raqibi bo'lib turibdi. "Bavariya" esa ayni damda eng foydali taklifni kutmoqda.
📰 O Jogo xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!